“Prezident sovg‘asi” karvoni yo‘lga tushdi

25-dekabr 2023-yil
image

Bugun “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlariga doir tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash lozimki, an’naviy tarzda har yili Yangi yil bayrami oldidan o‘tkazib kelinayotgan, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun “Prezident archasi” tadbiri o‘tkazib kelinadi.

2023-yilgi “Prezident archasi” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-noyabrdagi tegishli majlis bayoniga asosan, Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari, bolalar uylari va “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, mahallalarda istiqomat qilayotgan yetim va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari hamda “Mehrli maktab” o‘quvchilari uchun umumiy hisobda 11 000 dona “Prezident sovg‘asi” tayyorlandi.

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi,

17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

“Prezident sovg‘asi” mamlakatimizning 10 ta hududiga, xususan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Xorazm viloyati;

Buxoro viloyati;

Navoiy viloyati;

Surxondaryo viloyati;

Qashqadaryo viloyati;

Samarqand viloyati;

Andijon viloyati;

Farg‘ona viloyati;

Namangan viloyatiga “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali,

Sirdaryo viloyati;

Jizzax viloyati;

Toshkent viloyati;

Toshkent shahriga hududiy Davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport vositalari orqali yetkaziladi.

Ma’lumot uchun: bolajonlarimizning Yangi yil bayramida munosib dam olishlari uchun “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan bayram dasturi va teatr tomoshasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali hamda “ZO‘R TV” telekanali tomonidan “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi binosida tasvirga olinadi.

Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari, bolalar uylari va “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, mahallalarda istiqomat qilayotgan yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalar farzandlariga “Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.

Tadbir davomida jurnalistlarning mavzuga doir savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berib o‘tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu