“Konstitutsiya – taraqqiyot poydevori” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

7-dekabr 2023-yil
image

Ayni vaqtda butun Respublikamizda joylashgan ta’lim muassasalarida Bosh Qomusimiz qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Unda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, barchani ushbu sana munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda  Bosh Qomusimizning yaratilish tarixi, uning hayotimizning har bir jabhasidagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Shuningdek, vazirlik mas'ullari ham so'zga chiqib, Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolati ekani haqida atroflicha fikr bildirishdi.

Tadbir doirasida vazirlik xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusidagi diktantlar tanlovi g'oliblari vazir tomonidan taqdirlandi.

Savodxon xodimlarga diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu