Farg‘ona viloyatida “Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi Ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusida respublika psixologlar forumi o‘tkazildi.
Taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan psixologlarning ijodiy faolligini oshirish, qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur forumda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi va boshqa hamkor tashkilot vakillari hamda psixologlar ishtirok etdi.
Tadbir yakunida forum rezolyutsiyasi qabul qilinib, o‘quvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash, turli xil zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish va ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy uslublarini joriy etish kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbirda faol psixologlar o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.