O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan Andijon viloyati Asaka tumanida 16-18-sentabr kunlari Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning Dzyudo turidan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” respublika final bosqichi o‘tkazildi.
![](/uploads/content/tyuJyvqSXTBVGK5Kx4deLFibdEjuOPvm.jpg)
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan yosh sporchilar o‘z vazn toifalari bo‘yicha bellashishdi.
Umumjamoa hisobi bo‘yicha yakuniy natijalar:
1-o‘rin Toshkent viloyati
2-o‘rin Andijon viloyati
3-o‘rin Samarqand viloyati
3-o‘rin Xorazm viloyati egallashdilar.
![](/uploads/content/o1MzDPP5uqme56sYvA9Lb811w1KreooC.jpg)
G'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.