Sankt-Peterburgda o‘tgan futbol musobaqasida g‘olib bo‘lgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Toshkentga yetib kelishdi.
Ular Toshkent xalqaro ayeroportida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari tomonidan tantanali kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida BRICS+ mamlakatlarining V xalqaro munisipal Forumi doirasida sport-madaniy Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Unda 11-12 yoshli futbol jamoalar qatorida A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari g‘alaba qozonishdi.