Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamkorligida o‘quvchilarni jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda.
Joriy yilining noyabr oyida 416 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- va 11-sinf o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi.
Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, o‘quvchilarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi.
2024-yil mart-aprel oylarida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlaridan qabul qilinadi.