Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbo‘tayev, vazirlik mas'ullari va butun Respublikadan kelgan ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili ustozlari qatnashishdi.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari (har bir o‘ringa 1 nafar ona tili va 1 nafar o‘zbek tili ustozlari) quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanishdi:
1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;
2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.
Shuningdek, 2 nafar ustozga “Ijodkor Ustoz” va “Izlanuvchan Ustoz” nominatsiyalari topshirildi.