XORAZMLIK O‘QUVCHI QIZ GILAMDO‘ZLIK HUNARI ORTIDAN HOZIRDANOQ PUL TOPISHNI BOSHLAGAN

6-oktabr 2023-yil
image

O‘zbekistonning barcha hududlarida xalq amaliy san’atining o‘ziga xos markazlari bo‘lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo‘shgan.

14 yoshli Ayperi Atayeva gilamdo‘zlik san’atiga qiziqishi tufayli 2 yil oldin Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Gilamdo‘zlik" to‘garagiga qatnasha boshladi.

Ayperining to‘qigan gilamlari respublikamizda o‘tkazilgan bir necha ijodiy ko‘rgazmalarda ishtirok etib, ishtirokchilar olqishiga sabab bo‘lgan.

Hozirda gilam to‘qishni yaxshi o‘zlashtirgani uchun nafaqat respublikamizda, hatto xorijiy mamlakatlarda ham o‘zining ijodiy ishlari sotuvini yo‘lga qo‘yish orqali oilaviy byudjetga hissasini qo‘shib kelmoqda.

Ayperining eng oliy maqsadi o‘zbek-turkman gilamchiligini rivojlantirib, shu orqali O‘zbekistonni butun dunyoga tanitishdan iborat. U allaqachon orzulari yo‘lida harakat qilishni boshlab yuborgan.

Ayperi shu kungacha sotgan eng qimmat gilami 200 AQSH dollar bo‘lib, hunari ortidan har oylik eng kam daromadi 1 million so‘mni tashkil qiladi.

Aziz ota-onalar! Siz ham farzandlaringizni "Barkamol avlod" maktablariga berib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu