Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida O‘qituvchi va ustozlarning mavqeini oshirishda qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi tashkil etilmoqda
Tanlov @mmtv2023 telegram kanali orqali uch bosqichda onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Tanlovda umumta’lim muassasalari 15-sentabrdan – 20-sentabr kuniga qadar @mmtv2023 telegram manziliga 5 daqiqagacha bo‘lgan bitta maxsus ijodiy rolik yuborishi lozim.
Videolavhalar (har bitta hududdan 3 tadan (jami 42 ta) tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda 23-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yaratiladigan sahifasiga ovoz yig‘ish uchun joylashtiriladi;
Joriy yilning 23-25-sentabr kunlari (23 sentyabr kuni soat 12:00 dan 25-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifaga joylashtirilgan 42 ta videolavhalar orasidan eng ko‘p “Like” to plagan 3 ta “Eng yaxshi videolavha” mualliflari “Like” natijalari va ekspertlar guruhi xulosalariga ko‘ra g‘olib deb topiladi.