Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari O‘rta Chirchiq tumanidagi yoshlar bilan uchrashishdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘lish, ularning muammo va takliflarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilib kelinmoqda.
Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, vazir o‘rinbosarlari Dilshod Kenjayev, Temur Komilov hamda O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimovlar ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbir davomida 24 nafar yoshlarga kompyuter, yuk tashishga mo‘ljallangan elektr motoroller, sovun ishlab chiqarish uskunasi, sartaroshlik anjomlari, tikuv mashinasi, qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdim etildi.