Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Oliy Majlis Senati huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, “Yoshlar parlamenti” rasi Bekzod To‘xtamurodov, vazirlik mas’ullari, parlament a’zolari ishtirok etishdi.
Shuningdek. "Yoshlar parlament" ning hududlardagi a’zolari ZOOM platformasi orqali uchrashuvda onlayn ishtirok etishdi.
Uchrashuv doirasida:
– “Yoshlar parlamenti” bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
– yoshlar muammolari bilan ishlash,
– o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida so‘z bordi.