XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI BOSH MUTAXASSISI VA BIR GURUH TIZIM XODIMLARI «MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR A’LOCHISI» KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

26-yanvar 2021-yil
image

Xalq ta’limi vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Fayziddin Zaripov O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimi va o‘quvchi-yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgani uchun Favqulotda vaziyatlar vazirligi tomonidan «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, Qurolli kuchlar tizimiga kiruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘z ishiga sadoqat va mas’uliyat bilan yondashgan 4 nafar umumta’lim maktablarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari-Harbiy chaqiriqqacha tayyorlash rahbarlari ham mazkur ko‘krak nishon bilan taqdirlandi.

Ular quyidagilar:

Baxrom Toshbuxarov – Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani 21-maktab;

Lola Shafiyeva – Toshkent shahar Shayxontohur tumani 42-maktab;

Gʻayratbek Kamolov – Andijaon viloyati, Andijon shahri 31-maktab;

Yuldash Xolmuminov – Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani 25-maktab.

Ma’lumot uchun, «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3898-son qarori asosida ta’sis etilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu