Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabrikladi:
- Bugungi tadbirni so‘nggi qo‘ng‘iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho‘qqilarni ko‘zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo‘lsin!
Ma’lumot o‘rnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.
Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozisiyalarida bo‘lishdi.