Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
![](/uploads/content/6uGafkvU_Z1xDzS-UXlB01tuUZygqZx0.jpg)
Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etishdi.
![](/uploads/content/vTyPav89b07NF9LVGRnVSeQkby-ApwBI.jpg)
Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg’ulotlar tashkil etildi.
![](/uploads/content/cb-Lt2bDnz98WKn_l7X-nNuPej-gba0F.jpg)
Ma’lumot o’rnida, ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o’tkazilgan bo’lib, yangi o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko’zda tutilgan.