Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek mamlakat aholisi o‘rtasida inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishdan iboratdir.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
– “Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘kuv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirib o‘tilgan tegishli hujjatlarni 2023-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.
Tanlov g‘oliblari 2023-yil dekabr oyida o‘tkaziladigan “Xalqaro inson huquqlari kuni”da e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.