Beeline Uzbekistan muhim kasb egalari uchun yangi tariflar ishlab chiqdi. Ular orasida ta’lim va sog‘liqni saqlash xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bor.
“Biz qilayotgan ishlaringizni qadrlaymiz hamda fidokorona va mashaqqatli mehnatingiz uchun «RAHMAT» aytmoqchimiz! Minnatdorchilik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida biz yangi va foydali maxsus tarif rejalarini ishlab chiqdik”, — deyiladi kompaniya xabarida.
O‘qituvchilar uchun ishlab chiqilgan tarif rejasi – «Ustoz Start» va «Ustoz Profi» bo‘lib, bu tarif rejalari qo‘ng‘iroqlar uchun katta hajmdagi daqiqalarni va SMSlarni, yuqori tezlikda mobil Internetni, shuningdek, har qanday tanlov uchun telekanallarni va musiqani birlashtiradilar!
– Ushbu tarif rejalari noyobdir. Har bir olijanob kasbning vakili ularda o‘ziga xos narsalarni topadi. Abonentlar uchun bugungi kunda sifat bilan bir qatorda aloqa xizmatlarining narxi ham juda muhimdir. Shuning uchun biz muloqotda cheklashni istamaydiganlar va aloqa bilan Internet narxlarini kuzatishni istaganlar uchun ideal bo‘lgan yangi oylik tariflarni ishga tushirmoqdamiz. Ularda ortiqcha narsa yo‘q.
Aytgancha, yangi abonentlar uchun yana bir zo‘r yangilik – «Ustoz Profi», «Shifokor Profi», «Harbiy Profi», «Shifokor Start», «Ustoz Start», «Harbiy Start» tariflariga ulanish paytida siz “oltin raqam” tanlash xizmatidan foydalanib, nominal qiymati 210 500 so‘m bo‘lgan raqamni 50% chegirma bilan olishingiz mumkin bo‘ladi! – deydi Baxtiyar Mo‘minov, kompaniyaning korporativ sotuvlarni rivojlantirish bo‘yicha direktor.
Tariflarga ulanishda abonent faqat ushbu sohaga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatni (ish joyidan ma’lumotnoma, ish guvohnomasi, ushbu xodim uchun tashkilotning xati) taqdim etishi kerak.
Yangi tariflar haqidagi barcha ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy veb-saytidan bilib olish mumkin.