Bugungi kunda Respublikamizda jami 86 ta alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktablar faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu muassasalar tahsil oladian bolalarning kasalligiga qarab 4 toifaga boʻlinadi.
Bular:
1. Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari;
2. Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari;
3. Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari;
4. Tayanch aʼzolarida (harakat-muvozanatida) nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari.
Respublikamizdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar tabiiy va gegiyenik qulay sharoitda joylashgan boʻlib, yashil maydonli, izolyatsiya qilingan, sanoat va kommunal korxonlardan, ogʻir transport harakati boʻlgan temir va avtomobil yoʻllaridan, shuningdek shovqin, havo va turpoq ifloslanish manbalaridan uzoqda joylashgan. Maktab-internat suv taʼminoti, elektr taʼminoti, muxandislik kommunikatsiyalari manbalari bilan toʻliq taʼminlangan. Shu bilan birga maktab-internat oʻquvchilari harakatlanishi uchun kirish yoʻllari va jamoat transporti toʻxtash joylariga qulay joylashgan. Maktab-internatda oʻquvchilarning hararakatlanishi uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar yaratilgan.
Muassasalarda oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha muassasalar videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan.
86 ta taʼlim muassasalarining barchasi barchasi pandoslar bilan jihozlangan.
- Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida xonalar maxsus jihozlangan boʻlib, oʻqituvchi-logoped uchun stol, stul, kitob javoni, koʻrgazmalar uchun javon, kompyuter, printer, zondlarni saqlash va sterilizatsiya qiluvchi moslamalar, individual ishlash uchun stol, stul, devoriy oynalar,guruhda ishlash uchun esa aylana stol, stul, kichik hajmdagi magnitli doska va monitorlar bilan jihozlangan.
- Eshitishida muammolari boʻlgan bolalar uchun har bir oʻquvchi uchun stol ustida alohida zamonaviy ovozni kuchaytiruvchi eshitish apparatlari (“Otikon” Safari BTE 13 SP) mavjud. Shuningdek, ushbu toifadagi barcha 18 ta maxsus maktablar mazkur toifadagi bolalarga moslashtirilgan kompyuter xonalari bilan toʻliq jihozlangan.
- Koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi bolalar uchun qoʻshimcha yoritkichlar (stol lampasi), taʼlim jarayoni uchun boʻrtma oʻquv va koʻrgazmali qurollar, audio darsliklar, brayl kompyuteri, tiflografik asboblar bilan taʼminlangan.
Koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar taʼlim tarbiya olishlari uchun logopediya va lingafon xonalari, relyef rasmlari, musiqa va kompyuter texnologiyalari uchun individual xonalar tashkil etilgan.
Oʻquvchilarining sogʻlomlashtirilishi va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun maktab-internatda yopiq sport zali va sunʼiy chim qoplamali sport maydonchalari mavjud. Shuningdek, Paralimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda sportning yengil kurash, dzyudo va futbol turlaridan mashgʻulotlar olib boriladi.
Maktab-internatlarda kompyuter markazlari tashkil etilib, kompyuterlar aynan koʻzi ojiz insonlar foylanishi uchun maxsus dasturlandi.
Brayl alifbosida nashr etilgan ingliz tilidagi badiiy adabiyotlar Angliyadan olib keltirilib, respublikadagi barcha koʻzi ojizlar maktab-internatlariga taqatildi.
Respublikadagi 3000 dan ortiq koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarning koʻz sohasi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, koʻrishini yaxshilash maqsadida 467 nafarida turli darajadagi amaliyot (operatsiyalar) oʻtkazildi. Bu toifadagi maktablarga 16 turdagi musiqa asboblari va sport inventarlari tarqatildi.
Ayni paytda zinalarning perilasi va devorlarda yoʻnalishni koʻrsatuvchi boʻrtma harfli yozuv va belgilar qoʻyish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
- Tayanch aʼzolarida (harakat-muvozanatida) muammolari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktablarda aravachada yurish uchun pandus, yoʻlakcha, aravachani qoʻyadigan joylar yaratilgan. Sinf xonalari oʻquvchilar uchun maxsus parta va moslamali stul bilan jihozlangan. Yuqori qavatlarga koʻtarilish uchun lift oʻrnatish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, mahalliy hokimliklarga taqdim qilingan.