Tizimda 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq MTTda 8,7 mln. nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchiga 700 ming nafarga yaqin pedagoglar taʼlim va tarbiya berib kelmoqda.
2024-yil davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga oid 2 ta Qonun, 4 ta Prezident Farmoni, 9 ta Prezident qarori hamda 18 ta Hukumat hujjatlari qabul qilindi.
I. Maktabgacha taʼlim borasida:
1. 4 644 ta bogʻcha tashkil etilib, qoʻshimcha 170 310 ming bola oʻrni yaratildi. Natijada, qamrov darajasi 76,0 foizga (2023 – 74 foiz) yetkazildi.
Maʼlumot uchun: 86 ta davlat bogʻchasiga 8 438 nafar, 57 ta DXSH asosidagi nodavlat bogʻchaga 4 272 nafar, 10 ta xususiy bogʻchaga 415 nafar, 4 491 ta oilaviy nodavlat bogʻchaga 157 185 nafar bolalar qamrab olindi.
Shuningdek, qoʻshimcha 20 020 nafar 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasi 96 foizga (2023 – 93 foiz) yetkazildi.
Maʼlumot uchun: 189 ta qisqa muddatli guruhlarga 5 292 nafar, 85 ta toʻliq kunlik guruhlarga 2 380 nafar, 441 ta majburiy tayyorlov guruhlariga 12 348 nafar bolalar qamrab olindi.
2. Respublika boʻyicha 156 ta MFYda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU NS-40 avtobus negizida tashkil etilgan 429 ta “AQLVOY” mobil guruhda 9,5 ming nafar (0,4 foiz) bola qamrab olindi.
3. YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan va Xorazm viloyatlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shakli boʻlgan 20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha taʼlim guruhlari” (oʻyin guruhlari) tashkil etilib, ularga 496 nafar bola qamrab olindi.
4. Jahon banki loyihasi doirasida “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida 3 ta model boʻyicha “Ilk rivojlanish markazlari” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumot uchun: Samarqand viloyatida 768 ta oiladan 858 nafar bola, Namangan viloyatida 767 ta oiladan 854 nafar bola qamrab olingan.
5. Respublikadagi 6 841 ta (49 145 ta guruh) davlat bogʻchasiga 49 nomdagi oʻquv-metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlandi.
6. Respublika boʻyicha 250 ta (68 ta, tumanlarda joylashgan 182 ta davlat) davlat bogʻchasi xalqaro MELQO baholash tizimi orqali baholandi.
Ushbu jarayonda 1 000 nafardan ota-onalar va tarbiyalanuvchilar,
250 nafardan direktor hamda tarbiyachilar ishtirok etdi.
Shuningdek, xalqaro konsultantlar ishtirokida MODEL moduli boʻyicha
60 nafar va MELE moduli boʻyicha 30 nafar hisobchi (maʼlumotlarni xolis toʻplovchilar) uchun treninglar tashkil etildi.
7. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Mittivoy” (Malыsh) loyihasi doirasida 500 nafar maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisi uchun 72 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
8. “KOICA” bilan birgalikda “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish” dasturi doirasida 18 nafar pedagog kadrning malakasi oshirilib, 35 nafar master-trener tayyorlandi.
9. Nodavlat bogʻchalarning 10 000 nafar pedagog kadrlari bepul 36 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitildi.
10. Respublika bogʻchalaridagi 11 320 nafar metodist va pedagog oʻrtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” kasbiy koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
11. Yevropa Xalqaro xavfsizlik tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koordinatori koʻmagida “Velomarafon” tadbiri oʻtkazilib, 100 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.
12. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida
4-bosqichli “Shaxmat” musobaqalari oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: Musobaqaning 1-bosqichi (MTT) 67 169 nafar tarbiyalanuvchi, 2-bosqichi (tuman va shahar) 6 171 nafar, 3-bosqichi (hududiy) 364 nafar, 4-bosqichi (respublika) 28 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.
13. “Mercy corps” xalqaro NNTning Oʻzbekistondagi filiali bilan hamkorlikda “Taʼlim va bolalar ovqatlanishi uchun oziq-ovqat” xalqaro dasturi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi bogʻchalarda:
– 750 nafar direktor, xoʻjalik mudiri va oshpazlari va 106 nafar hamshiraning malakasi oshirildi;
– gumanitar oziq-ovqat (50 tonna kungaboqar yogʻi, 20 tonna sariq yarim noʻxat,
120 tonna boyitilgan un va 110 tonna gurunch mahsulotlari) importi taʼminlanib bogʻchalarga yetkazib berildi;
– bolalar salomatligini muhofaza qilish va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha axborot materiallari (plakat, stend, broshyura, kartochkalar, pazllar va boshqa) oʻzbek va qoraqalpoq tillarida ishlab chiqilib, 300 nusxada bogʻchalarga yetkazib berildi;
– 147 nusʼhada “Aqlvoy oshpaz” bolalar bogʻchalari uchun retsept va 5 ta qoʻllanmadan iborat boʻlgan “Salomatlik alifbosi” taʼlim dasturi yetkazib berildi.
14. 6 891 ta davlat bogʻchasidagi tarbiyalanuvchilarining davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritishni yoʻlga qoʻyish uchun 6 910 ta planshet va 6 716 ta Wi-Fi router bilan taʼminlandi.
Bu orqali elektron tabellar hamda asosiy koʻrsatkichlari shakllantirish, oziq-ovqat natura shaklida xarajatlar hisobini yuritish imkoni yaratildi.
15. Respublikadagi 170 ta davlat bogʻchasi 170 ta interaktiv doska hamda 5 100 ta planshet bilan taʼminlandi.
16. OPEK ishtirokida “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi doirasida 20,0 mln AQSH dollari miqdorida davlat tashqi qarzi jalb qilindi.
Natijada, 2025-yilda 20 ta bogʻcha tashkil qilinib, 3 ming bola qamrab olinadi.
17. Jahon banki loyihasi doirasida tashkil etilgan “Toyloq va Kosonsoy tajribasi” asosida “Ilk rivojlantirish markazlari” tashkil etildi.
18. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari uchun “Menejerlik oʻquv kursi” tashkil etilishi asoslari yaratildi. Natijada, 2025-yildan boshlab 1 500 nafar direktor va 750 nafar nomzod oʻqitiladi.
19. Tizim tashkilotlari rahbarlari tomonidan joriy yil davomida amalga oshirgan ishlari boʻyicha “yil sarhisobi” oʻtkazilib, erishilgan natijalar tahlil qilindi va kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilandi.
Maʼlumot uchun: tadbirda hududiy boshqarma, Toshkent shahridagi tuman boʻlimi boshliqlari, bogʻcha va maktab direktorlari ishtirok etdi.
II. Maktab taʼlimi borasida:
20. 2024-yil 1-oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqi alohida 15 foizga oshirildi.
21. 2023-2024 oʻquv yili bitiruvchilarining OTMga kirish test sinovlaridagi natijalari oʻrtacha 78 balni (2022-2023 oʻquv yilida 76,1 ball) tashki etdi.
22. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 132 nomda yangi darslik yaratilib, 40,9 mln nusxada chop etildi.
23. Xususiy maktablarda oʻzbek tili va adabiyoti, Oʻzbekiston tarixi, tarbiya fanlari majburiy fan sifatida oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.
24. Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish amaliyoti joriy etilgan maktablar soni oshirilib, 289 taga (2023 – 208 ta) yetkazildi. “Kasbiy taʼlim ustasi” lavozimi joriy etilib, 65 nomdagi (2023 – 27 ta) kasb-hunar roʻyxati va oʻquv dasturi tasdiqlandi.
25. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1 500 taga (2023 – 500 ta) yetkazildi.
Maʼlumot uchun: 2023-yilda tashkil etilgan 500 ta maktabdan baholashni samarali yoʻlga qoʻygan 66 ta maktab jamoasiga 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab 40 foizgacha ustama toʻlanmoqda.
26. Ikkinchi xorijiy til (nemis, fransuz, koreys, xitoy, yapon va ingliz tili) oʻqitiladigan maktablar soni 354 taga (2023 – 208 ta) yetkazildi.
27. Maktablarda xorijiy tillarni ommalashtirish maqsadida 500 nafar (2023 – 500 nafar) “til egalari” jalb etildi.
28. “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi oʻtkazilib, unda, 6 442 ta maktabdan 32 210 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Gʻolib va sovrindor boʻlgan 70 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi xorijga “taʼlim sayohati”ga yuborildi.
Maʼlumot uchun: tanlovda gʻolib boʻlgan maktablarni bir martalik pul mukofotlari:
Tuman (shahar) bosqichi – 1-oʻrin — 100 mln soʻm, 2-oʻrin — 75 mln soʻm, 3-oʻrin — 50 mln soʻm;
Hududiy bosqich – 1-oʻrin — 250 mln soʻm, 2-oʻrin — 200 mln soʻm, 3-oʻrin — 150 mln soʻm;
Respublika bosqichi – 1-oʻrin — 500 mln soʻm, 2-oʻrin — 400 mln soʻm, 3-oʻrin — 300 mln soʻm.
29. Maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilarining til bilish boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega oʻqituvchilar soni 29 001 nafarni tashkil etib, 59,1 foizga (2023 – 32 foiz) yetkazildi.
30. 520 ta maktabgacha va maktab tashkiloti ichki va tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazildi.
31. Oʻqituvchilarga malaka toifalarini berish tizimi takomillashtirilib, yangi tartib asosida respublikadagi 339 094 nafar oʻqituvchi (oʻqituvchilar soniga nisbatan 63,02 foiz) malaka (test) sinovidan oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: Sinov jarayoni birinchi marotaba FaceID (yuzni tanish) hamda Blockchain (maʼlumotni oʻzgarmas shaklda saqlash) texnologiyasidan amaliyotda foydalanildi.
32. Maktablarga birinchi marta ishga qabul qilingan 12 738 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatsiyadan oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: ulardan 6 969 nafari (54,7 foiz) ijobiy, 5 769 nafari (45,3 foiz) salbiy natija qayd etdi.
33. Xalqaro olimpiadalarda 128 ta (15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza) medal qoʻlga kiritildi (2023 – 91 ta).
Shu bilan birga, gʻolib oʻquvchilar uchun 1,4 mlrd soʻm ularning ustozlariga esa 1,9 mlrd soʻm miqdorida ragʻbatlantirildi.
Shu bilan birga, Buxoro shahrida ilk bor Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi tashkil etildi. Unda 19 ta davlatdan 120 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Natijada, mamlakatimiz oʻquvchilari tomonidan 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza) medal qoʻlga kiritildi.
34. Joriy yil davomida 142 nafar pedagog xorijiy davlatlarga (Fransiya, Xitoy, Turkiya, Belorusiya va Rossiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya) malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi.
35. Malaka oshirishda vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab
va bogʻchani bogʻlaydigan vertikal tizim yoʻlga qoʻyildi.
Bundan tashqari, yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni”
va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadigan 1 130 ta tayanch maktab
va 326 ta bogʻcha tanlab olindi.
Shuningdek, 13 ta Pedagogik mahorat markazi tranformatsiya qilindi.
36. Tizimda faoliyat olib borayotgan 420 571 nafar (2023 – 506 350 nafar) rahbar va pedagog kadr malakasi oshirildi.
37. Maktablarda faoliyat olib borayotgan 1 054 nafar direktorlar
va 1 613 nafar direktorlikka nomzodlar “Menejerlik oʻquv kursi”da oʻqitilib, 1 766 nafariga sertifikat berildi. Shundan, 257 nafari “Direktorlar kengashi” suhbatidan oʻtib, direktorlik lavozimiga tayinlandi.
38. Joriy yilning 8-iyun kuni Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etilib, unda, taʼlimga oid xalqaro tashkilot (YUNESKO, YUNISEF, OTB, BMTTD, Jahon banki, Britaniya Kengashi) vakillari va 300 nafar maktab rahbari va pedagog ishtirok etdi.
Shuningdek, 2024-yil 10-14-iyun kunlari “Marshall Cavendish Education” tashkiloti ekspertlari tomonidan hududlardan saralab olingan 100 nafar maktab direktori va 60 nafar trener-koordinator uchun trening tashkil etildi.
39. Qoraqalpogʻiston Respublikasi (726 ta – 144 120 nafar) va Xorazm (530 ta – 141 571 nafar) viloyatidagi 1 256 ta maktabning 285 691 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchisi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.
40. Aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish koʻlami va sifati muntazam oshirilib, 69 665 nafar fuqaroga shahodatnoma dublikati berish,
2 427 nafar chet el fuqarolarining farzandlari maktabga qabul qilish, 108 280 nafar ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatildi.
41. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida “Coursera” platformasi orqali 116 ming nafardan ortiq (2023-yilda 62 ming nafar) oʻquvchi roʻyxatdan oʻtib, ularning 104 ming nafari (2023-yilda 57 ming nafar) xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi.
42. IT-Park va uning hududiy boʻlimlari, “Astrum IT Akademiyasi”
va boshqa oʻquv markazlari bilan hamkorlikda taʼlimni raqamlashtirishga masʼul boʻlgan 280 nafar (2023 – 120 nafar) mutaxassis va 3 154 nafar (2023 – 1 240 nafar) “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchisi oʻqitildi.
43. Taʼlim sohasida barcha uchun oʻrnak boʻlgan, eng ilgʻor 78 nafar (2023 – 82 ta) pedagog davlat mukofotlari bilan, 1 053 nafari (2023 – 1 196 nafar) “Xalq taʼlimi fidoyisi”, “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
44. 608 ta (30 ta yangi, 518 ta rekonstruksiya va 60 ta mukammal taʼmirlash) obyektda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot uchun: 180 mingdan ortiq yangi oʻquvchi oʻrni yaratilib, mavjud 101,7 mingta oʻquvchi oʻrni mukammal taʼmirlanadi. Shuningdek, 95 ta yangi sport zali binolari quriladi.
Bugungi kunda, 401 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, qoʻshimcha 105 mingdan ortiq yangi oʻquv oʻrinlari yaratildi. Shuningdek, maktabning mavjud 59,0 minga yaqin binolari zamonaviy qiyofaga keltirildi.
45. Respublikadagi 10 160 ta maktabga (2023 – 10 104 ta) 61,8 mlrd soʻmlik sport jihozlari hamda 46,0 mlrd soʻmlik milliy musiqa cholgʻu asboblari yetkazib berildi.
46. Hududlardagi 2 213 ta maktabning maʼnan eskirgan kompyuter sinfi yangilandi.
Maʼlumot uchun: 1 369 tasi respublika, 844 tasi mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirilgan.
47. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida 18 774 oʻringa moʻljallangan 104 ta (18 ta maktab, 86 tasi MTT) nodavlat taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha bitim imzolandi (2023 – 57 ta).
48. 2024-yil davomida 115 ta (2023 – 124 ta) nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tashkil etilib, ularning soni 573 taga yetkazildi. Natijada, qoʻshimcha 39 723 ta yangi oʻquvchi oʻrni yaratildi.
49. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida 20,7 mln AQSH dollariga (14,7 mln dollar grant) teng xorijiy investitsiya va grant mablagʻlari oʻzlashtirildi (2023 – 7,55 mln dollar).
50. Inklyuziv taʼlim joriy etilgan maktablar soni 947 taga (2023 – 530 ta), ulardagi oʻquvchilar soni 1 901 nafarga (1 229 nafari qiz) yetkazildi.
51. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha ilk bor 14 ta tayanch “Tarbiya maktablari” tashkil etildi.
52. 56 ta maktabda harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
53. Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida “Mehrli maktab” filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumot uchun: 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon hamda Fargʻona viloyatlarida yoʻlga qoʻyilgan.
54. “Turon” maktab teatri tanlovi oʻtkazilib, 101 ming nafardan ortiq oʻquvchi qamrab olinib, 10 nafar tanlov gʻolibi Turkiya davlatiga taʼlim sayohatiga yuborildi.
55. Oʻquvchilar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida 208 ta tuman (shahar)da “Jadidlar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumot uchun: “Jadidlar klubi”lariga 4 576 nafar oʻquvchi jalb qilingan.
56. Oʻquvchilar oʻrtasida “Vatanparvarlar”, “Yosh chegarachilar”, “Yosh qutqaruvchilar”, “Yosh gvardiyachilar” harbiy-sport musobaqalari oʻtkazilib 1 mln nafarga yaqin oʻquvchilar qamrab olindi.
57. Bolalarga jinsiy zoʻravonlik sodir etilishini va ularni jinsiy ekspluatatsiya qilinishining oldini olish masalalari boʻyicha tizim mutaxassislarini oʻqitish boʻyicha 18 soatlik oʻquv moduli ishlab chiqildi.
58. Taʼlim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etishga qaratilgan “2024 — 2030-yillarda taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi” tasdiqlandi.
59. Toshkent shahrida soha vakillari uchun “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar
va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida 3 kunlik oʻquv-seminari tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: oʻquvlarda 14 ta hududiy boshqarmalari boshligʻi oʻrinbosarlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlim masʼul xodimlari hamda 208 ta tuman (shahar)dan oʻz ish faoliyatida faol boʻlgan maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
60. Ota-onalarga farzand tarbiyasida koʻmaklashish uchun “Ota-ona – murabbiy” kitobi tayyorlanib, taqdimoti oʻtkazildi.
61. Maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlari uchun tarbiyaviy ishlarni tizimli, zamonaviy yondashuvlar asosida olib borishga qaratilgan uslubiy qoʻllanma yaratildi.
62. “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazilib, 10 284 ta maktabning 1,8 mln nafar oʻquvchi qamrab olindi.
Shuningdek, “Huquqiy-maʼrifiy bilimdon” ijodiy koʻrik-tanlovini oʻtkazilib 1,5 milliondan ortiq oʻquvchi qamrab olindi.
63. Maktablarda dzyudo sport turini rivojlantirish va shart-sharoit yaratish uchun Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan 887,5 mln soʻm mablagʻ hisobiga 30 ta dzyudo tatamisi va 900 ta kimonolar yetkazib berildi.
64. 208 ta tuman (shahar)da gimnastikaga ixtisosligi yuqori boʻlgan 245 ta maktab tanlab olinib, 3 mlrd soʻm hisobiga 56 ta gimnastika gilami, 4 900 ta gimnastika argʻamchisi, 2 450 ta gimnastika toʻpi va 2 450 ta gimnastika obruchlari bilan taʼminlandi.
Natijada, maktablarda tashkil etilgan 72 683 ta darsdan tashqari sport seksiyalarida sportning 33 turi boʻyicha 1,5 mln nafar (586 ming nafari qizlar) oʻquvchi qamrab olinishiga erishildi.
65. Tizimda faoliyat yuritayotgan 208 ming nafardan ortiq xodimning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha malakasi oshirildi. Shuningdek, 61 nafar xodimda aniqlangan manfaatlar toʻqnashuvi bartaraf etildi.
66. Xususiy taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi 200 nafar faol tadbirkor bilan sohada xususiy sektorni kengaytirish, ulardagi mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan alohida ochiq muloqot oʻtkazildi.
67. A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti transformatsiya qilindi. Mazmunan boyitilgan institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirish uchun masʼul etib belgilandi.
68. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini yangitdan tashkil etildi.
Uning asosiy yoʻnalishlari etib, tarbiya sohasidagi milliy anʼanalarni oʻrganish, tiklash va zamonaviy maʼnaviy-axloqiy tarbiya tizimini joriy qilish vazifasi belgilandi.
69. Vazir va uning oʻrinbosarlari, hududiy boshqarma va tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) baholovchi tizim yoʻlga qoʻyildi.
70. 2024-yil davomida vazirlik rahbariyati va vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan maktabga va maktab taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan 20 ta muhim xalqaro xujjat imzolandi.
III. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari borasida:
71. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Samarqand viloyatida 504 oʻrinli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etildi.
72. Prezident maktablari SAT xalqaro sertifikati imtihonlarini oʻtkazadigan rasmiy markaz sifatida tan olindi.
Shuningdek,
– bitiruvchilarning 81 foizi xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatlarga ega boʻldi (2023-yilga nisbatan 30 foizga oʻsgan).
– 100 foizi (319 nafar) muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliygohlarda, Ijod maktablari bitiruvchilarining 56 foizi (146 nafar) muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi.
– ijod maktablari bitiruvchilarining 90 foizi (234 nafar), ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarining 56 foizi (3 286 nafar) xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.
– ijod maktablarining 81 foiz (211 nafar) 10-11-sinf oʻquvchilari kasbga yoʻnaltiruvchi zamonaviy toʻgaraklarga jalb etildi.
73. Ijod maktablarining 9 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarning 15 nafar bitiruvchisi “El yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi boʻldi.
74. “Yangi Oʻzbekiston” universitetida mintaqamiz oliy taʼlim sohasini rivojlantirishdagi dolzarb masalalarga qaratilgan Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkazildi.
75. “Raqamli avlod qizlari” oromgohining respublika bosqichi oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: Digital Art, 3D Modelling, Sturtup Web-Site (Coding), Graphic Design kabi yoʻnalishlarda onlayn va oflayn darslar oʻtkazildi. Darslarda Kolumbiya universiteti hamda MIT, Google, Amazon va Microsoft kabi xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirokida oflayn mashgʻulotlarga 72 nafar (shundan 10 nafar zaif eshituvchilar, 15 nafar afgʻonistonlik qizlar), onlayn darslarga esa 3 000 nafarga yoshlarni jalb etildi.
76. Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida taʼlim, fan va sanoat boʻyicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium tashkil etildi. Unda Oʻzbekistondan sanoat yoʻnalishdagi tashkilotlar hamda Germaniyaning ilgʻor universitetlari va yirik sanoat kompaniyalarining
90 nafardan ortiq vakillari qatnashdi.
77. OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi prezidenti Doktor Abdulhamid
Al-Xalifa boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida delegatsiya Samarqand shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, hamkorlik uchrashuvda yangi taʼlim muassasalarini barpo etishda hamkorlikni amalga oshirish uchun tezkor ishchi guruh tuzish hamda OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi bilan yangi hamkorlik loyihalarini ikki baravarga oshirish kelishib olindi.
78. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy salohiyati 60 foizga (2023 – 52 foiz) yetkazildi.
Maʼlumot uchun: universitetda 763 nafar (62 nafari professor, 410 nafari dotsent, PhD) pedagog faoliyat olib bormoqda.
79. Ixtisoslashtirilgan maktablar tizimi kengaytirilib, B.Jalolov
va O.Chusovitina nomidagi sport maktablari tashkil etildi.