Korrupsiyaga qarshi kurash

.

Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo'yicha tizimli yondashuv mavzusida o‘quv seminariga start berildi

11-iyul 2025-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo'yicha tizimli yondashuv" mavzusidagi o‘quv seminariga start berildi.

Unda vazirlik tizimidagi hududiy bo‘linmalar bosh buxgalterlari ishtirok etishmoqda.

Tadbirni vazir o‘rinbosari Temur Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda seminar ishida omad tiladi.

Trening doirasidagi ma‘ruzalar va mahorat darslarida:

Tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

UzASBO dasturiy majmuasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar;

Davlat xaridlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va yechimlar;

Moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar haqida so‘z bormoqda.

Seminar-trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu