Davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar ko‘rilmoqda.

Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarining tashkil etilishi shunday ishlar davomidir.
Bugun Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 12-maktabda 9-sinf o‘quvchilari uchun o‘qituvchi Husnobod Rahmonova tomonidan “Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.
Unda maktab o‘quvchilariga korrupsiyaning xavf-xatarlari, ushbu illatga imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbirda o‘quvchilar ham o‘z munosabatlari va fikrlari bilan faol qatnashdilar.