Korrupsiya har qanday jamiyat rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladigan ijtimoiy xavf hisoblanadi.
Har qanday korrupsiyaviy qonunbuzarlik yangi bir qonunbuzarlik sodir bo‘lishiga turtki bo‘ladi.
Mamlakatimizda 2017-yil 3-yanvarda “Korrupssiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, bugun mamlakatimizdagi barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ham korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish hamda xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan hududlarda “Korrupsiyasiz soha” va “Korrupsiyasiz hudud” kabi loyihalar ishlab chiqildi.
Mazkur loyiha doirasida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida boshqarma apparati xodimlari va tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari,ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Hamrayev so‘zga chiqib, bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi.
Yig‘ilishda pora olish va o‘zlashtirish korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng og‘ir va ijtimoiy xavfliligi yuqori bo‘lgan jinoyatlardan biri ekanligi qayd etildi.
Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, bunda “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab tamagirlik qilish” kabi harakatlarga chek qo‘yish, faoliyatning ochiqligini ta’minlash, xodimlarning korrupsiyaga qo‘l urmasligi uchun ularning huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘iga ko‘ra, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining korrursiyaga qarshi kurash, komplayens nazorati bo‘yicha mas’ul vazifasiga tayinlangan xodim Otabek Gʻaniyev jamoaga tanishtirildi.