Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan (36-, 67-son) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bo‘sh yer maydonida DXSh doirasida nodavlat maktabgacha va umumta’lim maktablarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.
Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”
2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-sonli Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi “Toshkent shahri Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 460-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Loyiha muddati 30-yil.
Muddatlar:
2024-yilning 15-sentabr soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100011, Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy.
Kontaktlar:
Sarvar Ashurov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i – 55-503-74-00 (1101, 1110)
Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz; s.ashurov@uzedu.uz., a.nishonov@uzedu.uz