Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga

9-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Buxoro vilotatida joylashgan (Buxoro tumani 27-sonli, Jondor tumani 43-sonli, Olot tumani 7-sonli, Romiton tumani 19-,37-sonli, Qorako‘l tumani 1-,4-,9-sonli, G‘ijduvon tumani 40-, 51-sonli) umumta’lim maktablarining bo‘sh yer maydonida DXSh doirasida sport maydonchalarini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.

Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida
2019-yil 10-maydagi ORQ-537-sonli Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish togrisida 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-iyuldagi 3/1-2171-sonli topshirig‘ining 3-bandi ohirgi xatboshisida “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Sport vazirligi bilan birgalikda bir xafta muddatda davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish mumkin bo‘lgan sport maydonchalarini manzilli ro‘yhatini shakllantirish va xususiy investorlarni jalb etish maqsadida tegishli ixtisoslashgan veb-saytlarda va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rish belgilangan. Loyiha muddati 30-yil.

Muddatlar:

2024-yilning 15-sentabr soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil bo‘yicha murojaat etishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, 100011, Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2a-uy.

Kontaktlar:

Sarvar Ashurov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat-xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i – 55-503-74-00 (1101, 1110)

 

Elektron pochta manzili: info@uzedu.uz; s.ashurov@uzedu.uz., a.nishonov@uzedu.uz

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu