Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, “Oltinko‘l” MFY hududida joylashgan bolalar dam olish maskani o‘rnida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil etish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi.
Mazkur loyihalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-sonli Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 2-fevral kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan topshiriqlar bayoni 35-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
DXSh asosida nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etishga qiziqish bildirgan tadbirkorlar Toshkent vaqti bilan 2023-yil 1-iyun kuni soat 18:00 gacha loyiha takliflarini yuborishlari mumkin.
Kontaktlar:
Faridun Kushnazarov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i – 55-503-74-00 (6121, 6111)
Elektron pochta manzili: info@xtv., i.hoshimov@xtv.uz