Заявления

.

Darsliklar haqida

13 март 2025 год
image

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-dekabrdagi 726-son qarori bilan “Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning texnik reglamenti” tasdiqlangan.

Mazkur Texnik reglamentga koʻra, 1-4 sinflar uchun bitta kitob ogʻirligi 300  gramdan oshmasligi belgilangan.

Umumtaʼlim maktablarining 4-sinflarida haftasiga 10 ta fandan 24 soat, bir kunda esa 4 yoki 5 soat dars oʻqitiladi.

Bugungi kunda 4-sinf oʻquvchilari uchun 5 ta fandan darslik va mashq daftarlari hamda 4 ta fandan faqat darslik mavjud.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga koʻra (0341-16-son, 2017-yil) oʻquvchilarning kunlik darslik va mashq daftarining umumiy ogʻirligi 1-2-sinflarda 1,5 kg.dan, 3-4-sinflarda 2 kg.dan oshib ketmasligi belgilangan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu