Заявления

.

MUNOSABAT

26 сентябрь 2024 год
image

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  2021 yil 19 maydagi 312 -son qaroriga muvofiq vazirlik tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari 2025/2026 o‘quv yiliga qadar kamida В2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

Eʼtibor bering: Ushbu talab umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari uchun amal qiladi. Yangi ishga qabul qilinayotgan talabgorlar  yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjati talablariga mos ravishda  ishga qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  2021 yil 19 maydagi 312 -son qarori 9-bandning ikkinchi xatboshisida  2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi va shu bandning beshinchi xatboshisida 2025/2026 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilab qo'yilgan. Shuningdek, mazkur talablar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-son qo‘shma qarorigada ham o'z aksini topgan.

Ishga yangi qabul qilinadigan o'qituvchilarga qoyiladigan talab o'z kuchida va  2022-2023 o'quv yilidan buyon unga amal qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu