Respublika tashkilotlari

.
image

Tursunov
Akmalxon
Xamit o‘g‘li

“Ta’minot va logistika xizmati” DUK direktori

1999-2000-yy.- “Kamalak” shaxsiy tashkilotda EXM operatori

2004-2005-yy. - “Kamalak” shaxsiy tashkilotda bosh hisobchisi

2005-2009-yy. - “Oromgoxqurilish” MCHJda hisobchi

2009-2010-yy. - “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati yetakchi hisobchi

2010-2017-yy. - “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bosh hisobchi

2017-2019-yy. -  “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati moliyaviy iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh  direktor o‘rinbosari

2020-2020-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi “UZAUTOTRANS SERVICE” masʼuliyati cheklangan jamiyatida mahalliylashtirish, kooperatsiya va axborot texnologiyalari sohasini kengaytirish va umumiy masalalar bo‘yicha bosh direktor  birinchi o‘rinbosari         

2020-2021-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi “UZAUTOTRANS SERVICE”  masʼuliyati cheklangan jamiyati  moliyaviy iqtisodiy masalalar bo‘yicha  Bosh direktor o‘rinbosari                      

2021-2022-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yuqori turuvchi, mahalliy hokimiyat va o‘zini

boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlar boshqarmasi boshliq o‘rinbosari

2022-2023-yy. - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” da bosh hisobchi

2023-y. - x.v. - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Taʼminot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi direktori

Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim maktablari deb yuritiladi)oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish; 

mustaqil fikrlaydigan, tashkilotchilik qobiliyatiga hamda tadbirkorlik faoliyati boʻyicha keng tushunchalarga ega boʻlgan, amaliy kasbiy tajriba koʻnikmalari rivojlangan shaxslarni tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish; 

9-sinf bitiruvchilarini kelgusida taʼlimni 10-sinflarida yoki kasb-hunar maktablariga davom ettirishlari, mehnat faoliyatini tanlashga koʻmaklashish ishlarini nazorat qilish; 

9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar maktablariga yoʻnaltirish yoki 10-11-sinflarda oʻqishlarini davom ettirishlari boʻyicha Davlat talablari ijrosi va oʻquv dasturlarining bajarilishi monitoringini olib boradi, tahlillar asosida oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish istiqbollarini belgilash; 

Kasb-hunar taʼlimning Davlat talablari, oʻquv reja va dasturlarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilishida hamda uzluksiz takomillashtirib borilishida koʻmaklashadi va hamkorlik qilish; 

Kasbiy taʼlim berishda oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlik qilish ishlarida ishtirok etish; 

taʼlimning uzluksizligini va izchilligini, oʻquv dasturlarining kasb-hunar taʼlimi oʻquv dasturlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashda ishtirok etish; 

umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining bilim olishga boʻlgan motivatsiyasi, qiziqishlari va talablarini inobatga olib soʻrovnoma ishlab chiqish va oʻtkazish; 

umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini kasbga nisbatan moyillik va qiziqishlarini aniqlash hamda shunga muvofiq oʻquvchilar, ota-onalar va oʻqituvchilar uchun kasbiy maslahatlar uyushtirish. 

taʼlim-tarbiya va kasb-hunarga oʻrgatish jarayoniga zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali taʼlim va kasb-hunar berish sifatini oshirishni muvofiqlashtirib borish;

oʻquvchilarda mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish, taʼlim olish hamda kasb oʻrganishning davom ettirish yoʻllarini ongli ravishda tanlash va kasbiy taʼlim yoʻnalishlarini tanlashda koʻmaklashish;

umumiy oʻrta taʼlim tizimida kasbga yoʻnaltirish ishlarida erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish, ommalashtirish va ragʻbatlantirish ishlarini tashkillashtirish;

umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi va “Hayotga tayyorlash” dasturlarini amalga oshirishda mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda malaka oshirish jarayonini tashkillashtirish, shuningdek hududni rivojlanishini inobatga olgan holda profilli sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyish;

oʻquvchilarda oʻqishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy oʻsishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash boʻyicha yoshga doir testlar bankini yaratish;

umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish ishlarini tashkil etish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

kasbga yoʻnaltirish boʻyicha Respublika taʼlim markazi va Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis Markazi faoliyatini muvofiqlashtirib borish va nazorat qilish;

boʻlim faoliyatini vazirlikning barcha boshqarma va boʻlimlari, mutasaddiligidagi respublika tashkilotlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi hududiy boshqaruv organlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu