Respublika tashkilotlari

.
image

Ismailov
Abduvali
Abdumalikovich

A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti rektori

1986-yil 7-noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

2006-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr, imtiyozli diplom);

2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (magistr).

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari:

maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;

umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yigʻilishlar tashkil etish;

doktorantura yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish, maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshirish;

umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;

kelajak maktabi, uning rahbari va oʻqituvchisining modelini yaratish asosida maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining taʼlim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;

maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun namunaviy oʻquv reja, dastur, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning oʻquv-uslubiy taʼminotini doimiy yangilab borishga koʻmaklashish;

“Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari oʻquv modullari kontentini markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqish va platformaga kiritilishini taʼminlash.

2006-2008-yy.- Toshkent kimyo-texnologiya institutida Axborot texnologiyalari markazi muhandis-dasturchi

2008-2012-yy.- Toshkent kimyo-texnologiya institutida rektor yordamchisi

2010-2012-yy.- Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

2012-2014-yy.- Yevropa Ittifoqi Erasmus Mundus dasturi granti asosida Polsha Respublikasi Varshava tabiiy fanlar universitetida tadqiqotchi-doktorant

2014-2015-yy.- Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

2015-2017-yy.- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichi tinglovchisi

2017-2018-yy.- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirligida O‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

2018-2023-yy.- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining O‘quvchilarni baholash xalqaro PISA 2022 dasturi milliy koordinatori, boshqaruv kengashi aʼzosi)  

2023-y.-h.v. - Fanlar Akademiyalari Xalqaro Assotsiatsiyasining Taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha Ilmiy Kengashi aʼzosi

2023-y.-h.v. - A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti rektori

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu