Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi haqida
MA’LUMOT
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, to‘lov miqdorlari tashkilotning joylashgan manzili, ish rejimi va maktabgacha ta’lim tashkilotiga bir oiladan qatnovchi bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.
T/r
|
Tashkilot joylashgan hudud va unda bolalarning kunlik bo‘lish vaqti
|
Bir oylik to‘lov miqdori
|
tashkilotga qatnovchi oiladagi bitta bolaga
|
oiladagi har bir bolaga, agar tashkilotga bittadan ortiq bola qatnasa
|
2021 yil 1 maydan amal qiladi
|
1.
|
Toshkent shahri
|
1.1
|
4-5 soat
|
38 000
|
26 000
|
1.2
|
9 soat
|
206 000
|
147 000
|
1.3
|
10,5 soat
|
246 000
|
175 000
|
1.4
|
12 soat
|
278 000
|
197 000
|
1.5
|
24 soat
|
293 000
|
209 000
|
2.
|
viloyat markazlari
|
2.1
|
4-5 soat
|
36 000
|
25 000
|
2.2
|
9 soat
|
199 000
|
141 000
|
2.3
|
10,5 soat
|
238 000
|
169 000
|
2.4
|
12 soat
|
263 000
|
186 000
|
2.5
|
24 soat
|
279 000
|
199 000
|
3.
|
viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar
|
3.1
|
4-5 soat
|
32 000
|
23 000
|
3.2
|
9 soat
|
183 000
|
130 000
|
3.3
|
10,5 soat
|
206 000
|
147 000
|
3.4
|
12 soat
|
237 000
|
168 000
|
3.5
|
24 soat
|
248 000
|
176 000
|
4.
|
tuman markazlari
|
4.1
|
4-5 soat
|
29 000
|
20 000
|
4.2
|
9 soat
|
135 000
|
102 000
|
4.3
|
10,5 soat
|
183 000
|
138 000
|
4.4
|
12 soat
|
208 000
|
156 000
|
4.5
|
24 soat
|
221 000
|
166 000
|
5.
|
boshqa joylar
|
5.1
|
4-5 soat
|
26 000
|
18 000
|
5.2
|
9 soat
|
95 000
|
77 000
|
5.3
|
10,5 soat
|
167 000
|
133 000
|
5.4
|
12 soat
|
196 000
|
147 000
|
5.5
|
24 soat
|
206 000
|
155 000
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli farmoniga asosan hududlar o‘rtasidagi iqtisoiy tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ko‘magini berish tartibini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlar 5 toifaga ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi 471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, kamaytiruvchi koeffisiyentlar qo‘llash belgilandi. Jumladan:
4 va 5-toifadagi tumanlarda – 50 foiz;
3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi puntklaridan tashqari) – 30 foiz.
Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek, o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari, shuningdek, vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.
Shuningdek, jismoniy yoki psixik rivojlanishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar ham davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (2821-son, 23.08.2016y.)ga asosan bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi.
Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.