Ta’lim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi
Maktabgacha va maktab ta’limi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat Xizmatlari portali portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.
Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:
- Maktab o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati;
- O‘quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish xizmati;
- Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati;
- Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati;
- Talabalarga ta’lim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktab, oliy ta’lim tizimlarida yangi elektron xizmatlari joriy etiladi. Barcha takliflar tahlil etilib, qulay xizmatlarni joriy etish choralari ko‘riladi.
Ta’lim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan - Ta’lim sohasida elektron xizmatlar havolasi orqali foydalanish mumkin.