Sayt test rejimida ishlamoqda

Matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning birinchi bosqichiga start berildi

17-mart 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning birinchi bosqichiga start berildi.  

Trening onlayn shaklda tashkil etilib, unda o‘quv seminarining keyingi bosqichlarini joylarda sifatli tashkil etish masalalari muhokama etildi. 

Treningda Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Prezident maktablari direktorlari va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi hududiy trenerlar ishtirok etishdi.

Mazkur treninglar 3 bosqichli kaskad usulida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jarayonning keyingi bosqichlarida tuman (shahar) umumta’lim maktablaridagi mahalliy trenerlar uchun Prezident maktablarida va yil yakuniga qadar tuman markazidagi umumta’lim maktablarida tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas’ullaridan javob olishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu