“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e’lon qilindi

15-mart 2023-yil
image

Xabaringiz bor, bugun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni ommaviy axborot vositalari va meningkonstitutsiyam.uz manzilida e’lon qilindi.

Yurtimiz taraqqiyoti va ertangi istiqboli, xalqimiz turmush darajasini oshirish va faravonligini ta’minlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi Bosh qomusimizdagi o‘zgartirishlar loyihasi yurtdoshlarimiz bilan bamaslahat amalga oshirildi. Unda ta’lim sohasi, xususan, fuqarolarning maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida tahsil olishi, o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir qator muhim huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan.

Xususan, loyiha matnining 50- va 52-moddalarda:

davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi;

alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’lim va tarbiya bilan ta’minlanishi;

davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi kabi dolzarb jihatlar tilga olingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining to‘liq matni bilan quyidagi manzil orqali tanishishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu