Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralashning 2-bosqich jarayonlari qanday o‘tmoqda?

14-mart 2023-yil
image

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralashning 2-bosqich jarayonlari qanday o‘tmoqda?

Joriy yilning 13-mart kuni Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbatlar boshlandi.

Ushbu sinov jarayonlariga birinchi bosqichda dars beradigan umumtaʼlim fanidan bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan 1722 nafar nomzod qatnashmoqda.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Suhbat jarayonlari 18-martga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu