Savol: Hozirda maktabimizda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, darsdan tashqari qo'shimcha to‘garaklar faoliyati tashkil etilmoqda. Men dars soatimdan tashqari mazkur to‘garaklarda ham ishlasam, buning uchun alohida ish haqqi to‘lanadimi?
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi "Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi VM-243-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari o‘zlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar hisobiga, ya’ni qo‘shimcha to‘garaklar ochish va boshqalar orqali shakllantirishi mumkinligi belgilangan.
Qo‘shimcha to‘garakda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag‘larining ma’lum miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagog xodimlarga ham qo‘shimcha ish haqqi sifatida to‘lanadi