Bugun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari va ularning ota-onalari bilan uchrashib, yuksak e’tirof bilan chin qalbdan tabrikladik.
Bu yil ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarimizning 28 nafari ushbu mukofot bilan taqdirlandi.
Ulardan 10 nafari vazirligimiz tizimidagi ustoz, mutaxassis va o‘quvchilar ekani bizni juda quvontirdi.
So‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning iste’dodi, iqtidori qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Chunki, bilimli yoshlarimiz, oqila qizlarimiz jamiyatimizning ertasi demakdir.
"Zulfiya" mukofoti sovrindorlarini yana bir bor muborakbod etaman. Har doim oldinga intiling va hech qachon to‘xtab qolmang. Bugungi mukofot kelajakdagi ulkan marralaringiz uchun dastlabki qadam bo‘lib xizmat qilsin!
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri