Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi?

6-mart 2023-yil
image

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

 

Dars soatlari o‘qituvchilarning ko‘rsatkichlariga qarab taqsimlanadi:

xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;

TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

o‘z fanidan o‘tkazilgan sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

OTMning pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

 

 Dars soatlari umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan qayta taqsimlanishi mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu