Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.
![](/uploads/content/rQ2WlJad98upb1TDGzypmQkyH8vsyczP.jpg)
Unda UNESCO bilan ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z bordi.
Sara Noshadi O'zbekistonda sifatli ta'limni yo'lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.
![](/uploads/content/rRk2feahpzpRJflE_U4mvqXtL_7pVCXb.jpg)
Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:
o'qituvchilar malakasini oshirish;
baholash tizimi;
inklyuziv ta'lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.
Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.