Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun "Sun’iy intellekt asoslari va internet buyumlari" - Internet of things -IoT bepul o‘quv kurslariga start berildi.
Mashg‘ulotlar Toshkentdagi AMITY universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Unda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 24 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad pedagog kadrlardagi sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari haqida nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Shuningdek, ishtirokchilardagi trenerlik qobiliyatlarini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkentdagi AMITY universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O'quv kursi offlayn tarzda tashkil etilgan. Istiqbolda mazkur treninglar hududlarda onlayn shaklda yo'lga qo'yilishi rejalashtirilmoqda.