Xalq ta’limi vazirligi va uning tasarrufidagi respublika tashkilotlari xodimlari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi

6-dekabr 2022-yil
image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoni asosida mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlat sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash kabi vazifalarni amalga oshirib kelayotgan barcha soha vakillari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlanishi belgilangan.

Bugun Xalq ta’limi vazirligi va uning tasarrufidagi respublika tashkilotlarida mehnat qilayotgan 19 nafar soha xodimlarini “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga o‘ttiz yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan mazkur mukofot soha fidoyilariga ko‘rsatilgan katta e’tibor ekanligi alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, ularning o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib, yanada jonbozlik ko‘rsatishiga katta rag‘bat bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Xalq ta’limi vazirligi jamoasi “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi va ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvafaqqiyatlar tilaydi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu