Maktab oshxonalarida qaysi mahsulotlar sotilishi mumkin emas?

25-noyabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vazirligiga ota-onalardan maktab oshxonalarida qaysi oziq-ovqat mahsulotlari sotilishi mumkin emasligi xususida ko‘pgina savollar kelib tushmoqda. Mazkur murojaat va savollardan kelib chiqqan holda mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-iyulda ro‘yxatga olingan “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da belgilangan talablarga asosan, umumtata’lim muassasalari o‘quvchilari uchun iste’molga tavsiya etiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilardan iborat:

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari;

• Sut va sut mahsulotlari;

• Oziq-ovqat yog‘lari;

• Qandolatchilik mahsulotlari;

• Sabzavotlar;

• Mevalar;

• Dukkakli mahsulotlar;

• Sharbat va ichimliklar;

• Konservalar;

• Non, yorma, makaron mahsulotlari.

 

Umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari quyidagilardan iborat:

• sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar;

• chipslar;

• rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;

• yaroqlilik muddati tugagan va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari;

• bir kun oldin tayyorlangan va qolib ketgan ovqatlar;

• eskirgan, sifati buzilgan sabzavotlar;

• kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);

• qo‘lbola qatiq;

• o‘tkir ta’mli sous, ketchup, mayonez, konserva, marinadlangan sabzavot va mevalar;

• energetik ichimliklar;

• danakli mevalarning mag‘zi;

• saqich;

 

Yuqorida keltirilgan huquqiy hujjat talablariga asosan:

• umumta’lim muassasalarining oshxonalari bir o‘ringa kamida ikki jamlanma hisobida oshxona idish-tovoqlari bilan ta’minlanishi;

• taomlarni pishirish va saqlash uchun foydalaniladigan oshxona uskunalari va idishlari (qoshiq, vilka, pichoqlar) zanglamaydigan po‘lat yoki gigiyenik xususiyatlariga ko‘ra shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan bo‘lishi zarur.

Shuningdek, oshxonalarda shakli buzilgan, chetlari uchgan, singan, yoriq, emali ko‘chgan oshxona idishlari, alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlari, plastmassa va presslangan fanerlardan qilingan ishlov berish taxtalari, yorilgan, shikastlangan va mayda taxta jihozlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu