Xabaringiz bor, Finlyandiya ta’lim metodikalariga asoslangan ta’limni yurtimiz umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etib borish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.
Bugun 4-noyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarining mazkur tajribalarda ishtirok etish istagini bildirgan 14 ta maktabning 139 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
Shuningdek, mazkur kurslarda hududiy malaka oshirish markazlarining 40 nafardan ortiq trenerlari hamda Pedagogika oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari ham ta’lim olmoqdalar.
“Zamonaviy jamiyat uchun zamonaviy ta’lim” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur o‘quvlarda Finlyandiya ta’lim metodikasini milliy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish orqali o‘quvchilarning yuqori bilimga ega bo‘lishlariga doir muhim ma’lumotlar taqdim etilib, o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashmoqda.
Mazkur malaka oshirish darslari 2022-yil 9-noyabrga qadar davom etadi.
Jarayonlardan qilingan onlayn reportajni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.
https://fb.watch/gAwcladFrp/