Yurtimizda yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish, buning uchun ta’lim muassasalarida yetarlicha shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Joriy yilning 25-oktabr kuni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalarini 2022-2023-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama etildi.
![](/uploads/content/C7jBQW581kWpjvSnCFpOmQxjlWpfaGEb.jpg)
Vazir o‘rinbosari tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari ekspluatatsiya xizmatlarining mazkur masalalarga doir savollariga javob berib o‘tdi.
Shuningdek, xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari hamda ushbu yo‘nalishdagi mutasaddilarni kuz-qish mavsumida ikki karra jonbozlik ko‘rsatishlari zarurligi, turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish uchun ham sergaklikni yanada oshirishi kerakligi xususida o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berib o‘tdi.
![](/uploads/content/Eq10iNJP3QET75v1t1087kgFY-4EcKnD.jpg)
![](/uploads/content/G8tD_5BwG-Uy-wwPl7yP9o89QzZ3FIzt.jpg)