Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati muhokama qilindi

4-sentabr 2022-yil
image

Bugun 4 sentyabr kuni hozirgi vaqtda xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turgan Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov rahbarligida video-konferens aloqa tarzida umumtaʼlim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida vazir o‘rinbosarlari hamda viloyat rahbarlarining maktablarni yangi o‘kuv yiliga tayyorgarlik holati bo‘yicha hisobotlari eshittirildi.

Taʼmir ishlari davom etayotgan maktab o‘quvchilarini boshqa maktablarga to‘g‘ri taqsimlash va taʼlim jarayonlarini sifatli taʼminlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Maʼlumot uchun, joriy yilda yurtimizda mavjud 10130 ta umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 700 mingdan ortiq o‘quvchi qabul qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu