Darsliklar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, qanday yo‘l tutish lozim?

15-sentabr 2022-yil
image

Agar farzandingizga maktab tomonidan taqdim etilgan darsliklarda texnik nuqson borligi yoki sifatsiz ekanligi aniqlansa, maktab kutubxonachisi yoki sinf rahbariga bu haqida maʼlum qilishingizni so‘raymiz.

Mazkur holatlarda farzandingizga tahsil olayotgan yoki hududdagi boshqa maktab kutubxona fondlari zaxirasi hisobidan darslik bilan taʼminlash choralari ko‘riladi.

Darsliklar bilan bog‘liq muammolar maktabda o‘z yechimini topmagan taqdirda @bookedu_bot telegram-boti orqali bevosita vazirlikka murojaat yuborishingiz mumkin.

Mazkur telegram-botga kelib tushayotgan murojaat, taklif va eʼtirozlar tegishli mutaxassislar tomonidan tezkor o‘rganib chiqiladi va aniqlangan holat bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

Murojaat yo‘llayotganda maktab manzili, ism-sharifingiz, mavjud muammo aniq bayon etilishi holatni tezkorlik bilan ijobiy hal qilinishida muhim hisoblanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu