Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari hamda Olmazor tumani hokimi va sektor rahbarlari mazkur tumandagi bir qator maktablarda bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Ayni vaqtda Olmazor tumanida openbudget.uz platformasi orqali 1 ta maktabda 963,5 mln. so‘mlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu tumanda ikkita taʼlim maskanida homiylar tomonidan, yana ikkita maktabda esa “Obod mahalla” dasturiga asosan qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.