Uchrashuvda viloyatda taʼlim sohasidagi muammo, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Xususan 28 yanvarda Davlatimiz Rahbari boshchiligidagi xalq taʼlimi sohasida belgilangan vazifalar tushuntirildi. Maktab taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi tuzilganligi va uning maqsadlari buyicha maʼlumot berildi.
Uchrashuv davomida Andijon viloyati xalq taʼlimi tizimidagi salbiy holatlar so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar diqqat markazida ekanligi, xususan, Marhamat tumanidagi voqealarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Viloyat xalq taʼlimi maʼsullari kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan ogohlantirildi.
Olib borilayetgan o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha aybdorlarga, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan masʼullarga chora ko‘rilishi taʼkidlandi.