Bugun, 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov bilan birgalikda Sirdaryoda bolalar uchun tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi.
Dastlab, vazir Guliston shahridagi “Saxovat” savdo markazida yangi barpo etilgan bolalar o‘yin maydonchasining ochilish tadbirida qatnashdi. Bu yerda bolalar uchun quvonch ulashadigan zamonaviy o‘yingohlar tashkil etilgan.
So‘ngra Guliston tumanidagi yangi barpo etilgan “Yoshlar bog‘i”ning ochilish tadbirida qatnashib, tumanning 500 nafar bitiruvchilari bilan uchrashdi. Muddatidan avval oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lgan 4 nafar bitiruvchi hamda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.