Bugun Oliy Majlis Senati binosida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikamizdagi Mehribonlik uylari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari, mahallalarda istiqomat qiluvchi iqtidorli bolalar senatorlar bilan uchrashib, Senat faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda Senat Raisi Tanzila Norboyeva bolalarni bayram bilan qutlab, ularga bugun Davlatimiz tomonidan bolalarni himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, Senat faoliyati, yalpi majlislar zalida qonunlarning qabul qilish jarayonlari haqida maʼlumot berdi. Bolajonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bergan barcha savollariga javob oldi.
Tadbir doirasida Senatning yangi binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Bolalar qonunlarni qabul qilish, ularning ijrosi yuzasidan parlament nazoratini tashkil etish jarayonlari bilan tanishtirildi.
Tadbir so‘ngida bolalarga esdalik sovg‘alar topshirildi.