Bugun Sirdaryo viloyatida “Barkamol avlod” bolalar maktabining zamon talablariga mos, innovatsion jihozlar bilan taʼminlangan binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabining ochilish marosimida Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
Ochilish marosimidan so‘ng Xalq taʼlimi vaziri bino holati bilan yaqindan tanishdi.
So‘ngra to‘garak aʼzolari bilan suhbatlashib, iqtidorli o‘quvchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.