Bugun poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ida Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda mazkur bog‘ rahbariyati hamkorligida Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi 200 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Har bir farzandga mehr, eʼtibor” nomli bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir davomida bolajonlarga bog‘dagi barcha atraksionlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratib berildi. Bundan tashqari xushovoz xonanda, sozandalar, so‘z ustalari hamda shoirlar tomonidan badiiy tadbir sahnasi tashkil etilib, tashkilotchilar tomonidan ularga sovg‘alar taqdim qilindi.
Tadbir bolajonlarga olam-olam quvonch hadya etdi.